«Islom Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lini aks ettirish e’tibor markaziga qo‘yildi» — Shavkat Mirziyoyev
«Yangi O‘zbekiston» majmuasida Mustaqillik monumentining ochilish marosimi bo‘lib o‘tayotgani haqida xabar berilgandi.
Mustaqillik monumentida O‘zbekistonning qadimgi tarixidan boshlab to bugungi kunga qadar yuz bergan eng muhim voqealar muhrlangan.
Buyuk sarkarda va jahongirlar, alloma va mutafakkirlar, jadid bobolarimizning o‘lmas siymolari aks ettirilgan.
O‘zbekistonning sobiq mustabid tuzum davridagi og‘ir va mashaqqatli hayoti, qatag‘on siyosati, xalqimizning Ikkinchi jahon urushida ko‘rsatgan jasorat va matonati lavhalarda ko‘rsatilgan.
— G‘oyat qiyin va murakkab sharoitda respublika ravnaqini, xalqimizning tinchligi va omonligini o‘ylab, o‘zini ayamasdan xizmat qilgan atoqli davlat arboblarimiz faoliyati ham atroflicha yoritildi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligida xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lini aks ettirish e’tibor markaziga qo‘yildi, dedi davlatimiz rahbari.
Monument poyiga: «Xalqimiz tarixida ezgu iz qoldirgan barcha ajdodlarimiz doimo qalbimizda», degan so‘zlar bitilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter