Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi imtihon markazida «prava» olish uchun 400 dollar pora taklif qilishdi

Yangi imtihon markazida «prava» olish uchun 400 dollar pora taklif qilishdi

Haydovchilik guvohnomalari berishga mo‘ljallangan yangi Toshkent imtihon markazi xodimlariga bir fuqaro testdan o‘tkazib qo‘yish uchun 400 dollar pora taklif qildi. Yana biri esa 100 dollar.

Ayni paytda pora taklif qilganlar ishi bo‘yicha tegishli organlar shug‘ullanmoqda.

Toshkent imtihon markazida guvohnoma olishga kelgan 60 kishidan 8 nafari nazariy imtihondan o‘ta olgan, qolgani topshirolmagan. 8 kishidan faqat 3 kishi amaliy imtihondan o‘tib, haydovchilik guvohnomasini olishgan.

Ayni paytda faqatgina Toshkent imtihon markazi orqali guvohnoma olish mumkin. Bu xizmat hozircha faqat poytaxtda joriy qilingan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring