Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Yangamning bisotidan» yoxud Irina Vinerning qimmat hobbisi

«Yangamning bisotidan» yoxud Irina Vinerning qimmat hobbisi

Ijtimoiy tarmoqlarda Alisher Usmonov 30 yil davomida birinchi marta tug‘ilgan kunini juftisiz o‘tkazgani xabarlari aytilayotgan bir vaqtda uning sobiq rafiqasining yana bir qiziqishi borasida ham ma’lumotlar taqdim etildi.

Irina Viner, zargarlik buyumlari haqida gap ketar ekan, pulni mutlaqo ayamaydi. Sport ustasi oddiy xalq tushiga kirmaydigan miqdordagi mablag‘ni birgina taqinchoq uchun sarflab yuboradi.

BLIIZ+  portali bilan suhbatda zargar Vlad Osherov badavlat kishilar jamg‘armasini nafaqat ko‘chmas mulk, balki qimmatbaho ashyolar bilan band qilib qo‘yishini ta’kidladi. Alisher Usmonovning rafiqasi ham bundan mustasno emas, u zebigardon (kole), bilakuzuk va sirg‘alar xarid qilishni yaxshi ko‘radi. Sport ustozi bir chiqishida butun boshli katta mulk bahosidagi  zargarlik buyumlari bilan chiqishi mumkin. Bu boshdan oyoq tillayu olmosga burkanish emas albatta.  Did namunasi sifatida bir komplekt taqinchoq narxining o‘zi necha millionlarga narxlanishi nazarda tutilayapti.

Zargar unga ko‘rsatilgan surat asosida taqinchoq narxini aniq belgilash qiyinligini ta’kidlar ekan, baribir taxminiy qiymatni aytadi: «Avvalo surat unchalik muvaffaqiyatli chiqmagan, shu sababli aniq narxni aytish qiyinroq. Qolaversa, surat orqali eksklyuziv toshlar narxni belgilash oson emas. Ko‘rishishidan 20 karatlik ayni bir xil ko‘ringan sapfirlar reallikda turli narxlarda - biri 200 ming dollar va boshqasi 20 million dollar qiymatda bo‘lishi mumkin». Chunki ulardan biri ulug‘langan, falon-falon saroy xonimlari bisotida bo‘lgan kabi ta’riflarga, boshqasi esa bundan xoli bo‘ladi deb tushuntiradi zargar.

Ushbu suratdagi Irina Viner taqqan taqinchoqlar bir necha millionga tortishi aniq. Bunaqa qimmatbaho ashyolar  asosan kim oshdi savdolari orqali xarid qilinadi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring