Yakshanba kuni kunduzi hududlarda beqaror ob-havo kuzatiladi

Bugun kunduz kuni Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, Qashqadaryo viloyatida ba’zi joylarda biroz yomg‘ir yog‘ishi, ayrim joylarda momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Respublikaning qolgan hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zon bilan kuzatilishi, Jizzax, Navoiy viloyatlarida 22-25 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 17-22° iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda biroz yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi, 12-15 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 19-21° iliq bo‘ladi.
Tog‘ oldi va tog‘li hududlarida vaqti-vaqti bilan yomg‘ir yog‘adi, baland tog‘larda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, ba’zi joylarda kuchli bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin.
Harorat 8-13° iliq bo‘ladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter