Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini berish tartibi belgilandi

Xususiy tashkilot xodimlariga homiladorlik nafaqasini berish tartibi belgilandi

Foto: Xabar.uz

Hukumat qarori (515-son, 20.09.2022-y.) bilan Davlat ijtimoiy sug‘urtasi bo‘yicha homiladorlik va tug‘ish nafaqasini tayinlash hamda to‘lash tartibi to‘g‘risida nizom tasdiqlandi.

Nizom bilan budjet tashkilotlaridan boshqa barcha yuridik shaxslarda 6 oy uzluksiz ishlayotgan ayollarga homiladorlik va tug‘ish nafaqasini to‘lash tartibi belgilandi.

Nafaqa Ijtimoiy sug‘urta jamg‘armasi hisobidan farzand tug‘ilgunigacha minimal iste’mol xarajatlarining 4 baravari (1 mln 992 ming so‘m) miqdorda beriladi.

Shunga ko‘ra, yuridik shaxslarning nafaqa to‘lash majburiyati Jamg‘arma hisobidan to‘langan nafaqa miqdoriga kamaytiriladi.

Mehnatga layoqatsizlik varaqasi nafaqani tayinlash va to‘lash uchun asos bo‘ladi. Mehnatga layoqatsizlik varaqasi rasmiylashtirilgandan 5 ish kunida ma’lumotlar mas’ul tibbiyot xodimi tomonidan «Tibbiyot» axborot tizimiga kiritiladi va ma’lumotlar «Yagona reyestr» tizimiga yuboriladi.

«Yagona reyestr» tizimi tomonidan nafaqa tayinlash yoki rad etish haqida qaror qabul qilinib asoslantirilgan holda nafaqa oluvchining telefoniga SMS-xabar yuboriladi. Nafaqa oyning 10-sanasigacha nafaqa oluvchining plastik kartasiga o‘tkazib beriladi. Plastik karta bo‘lmaganida esa oyning 27-sanasigacha naqd ko‘rinishda beriladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring