Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi Muyassar Rahimova o‘z joniga suiqasd qilgani haqida xabar tarqatdi

Xotin-qizlar qo‘mitasi Muyassar Rahimova o‘z joniga suiqasd qilgani haqida xabar tarqatdi

Muyassar Rahimova.

Kadr: «O‘zbekiston 24»

Yaqinda O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasiga andijonlik fuqaro Muyassar Rahimovaning («Daryo.uz» saytida 2019-yil 26-iyul kuni e’lon qilingan «Andijondagi ko‘zbo‘yamachilikda aldangan ayol bir umrga Rossiyaga ketishga qaror qildi» sarlavhali suhbat qahramoni) o‘z joniga suiqasd qilgani haqida xabar kelib tushdi, deyiladi qo‘mita matbuot xizmati xabarida.

«Qo‘mita tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda mazkur holatni o‘rganib chiqib, quyidagilarni aniqladi:

Andijon viloyati hokimligi, viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, fuqaro Rahimova Muyassar Kozimjonovna 2019-yil 23-iyul kuni soat taxminan 20.00 larda onasi bilan janjallashib, ruhiy zo‘riqish oqibatida o‘zi muntazam iste’mol qiladigan dorilarni me’yoridan ortiqcha ichgani tufayli shifoxonaga yotqizilgan. Unga o‘z vaqtida ko‘rsatilgan malakali tibbiy yordam natijasida M. Rahimovaning ahvoli yaxshilangach, 24-iyul kuni shifoxonadan uyiga ketishiga ruxsat berilgan.

Ushbu holat bo‘yicha Andijon shahar prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilayotgani ma’lum qilindi», deyiladi Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot xizmati xabarida.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring