Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xotin-qizlar qo‘mitasi bir guruh jurnalistlarni tabrikladi

Xotin-qizlar qo‘mitasi bir guruh jurnalistlarni tabrikladi

Foto:«Xabar.uz»

27-iyun – matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni munosabati bilan O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasida bayram tadbiri tashkil etildi.

Unda Xotin-qizlar qo‘mitasining ommaviy axborot vositalari bilan hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi, matbuotning barcha turlari, bosma va internet nashrlari islohotlarni baholashda asosiy mezon vazifasini o‘tayotganiga, matbuotsiz biror bir tashkilot o‘z pozitsiyasi va nuqtai nazarini xalqqa yetkazib bera olmasligiga alohida urg‘u berildi.

Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi Elmira Bositxonova qo‘mitasi ham faoliyatida o‘z qiyofasini yangilashi, xalqona qiyofa kasb etishi, ayollar yuragiga yaqinroq yo‘l topishi uchun hech shubhasiz, ommaviy axborot vositalarining ko‘magiga muhtoj ekanini ta’kidlab o‘tdi. Rais o‘z nutqida «O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi matbuot vakillari bilan doimo do‘stona, o‘zaro hurmat, ehtirom ruhidagi  munosabatlar tarafdoridir, chunki, ulkan islohotlar davrida ziddiyatlar emas, raqobatlar emas, hamfikrlik, o‘zaro sharqona hurmat va ehtirom yaxshi natija beradi!» deya ta’kidladi.

Foto:«Xabar.uz»

Bayram tadbiri jarayonidagi muhokamalarda Xotin-qizlar qo‘mitasi bundan keyingi faoliyatida markaziy shaharlardan tortib, eng chekka qishloqlarda yashayotgan oddiy uy bekalarining hayotini yaxshilashga, muammolarini hal qilishga amaliy hissa qo‘shishi, shuningdek, o‘z faoliyatining barcha qirralarini matbuot vakillari va jamoatchilikka demokratik tamoyillar asosida namoyish etib borishini ma’lum qildi.

Tadbirda o‘tgan vaqtda Qo‘mita faoliyatini faollik bilan yoritgan matbuot nashrlari, veb-sahifalar va teleradiodasturlar xodimlari O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasining tashakkurnomalari va sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring