Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorijda ishlayotganlarga pensiya qanday tayinlanadi?

Xorijda ishlayotganlarga pensiya qanday tayinlanadi?

Foto: «Xabar.uz»

Chet elda ishlayotgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash, pensiyani hisoblash uchun ish staji va ish haqi miqdorini hisobga olish tartibi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 22-fevraldagi 46-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom bilan tartibga solinadi.

Nizomga muvofiq, chet elda ishlovchi shaxs boshqa davlatda ishlagan har bir oyi uchun Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lovni ixtiyoriy ravishda to‘laydi.

Pensiya jamg‘armasi xabariga ko‘ra, chet elda bo‘lish davri mehnat daftarchasidagi yozuvlar, pasportdagi O‘zbekiston Respublikasi Davlat chegarasini kesib o‘tganligi to‘g‘risidagi yozuvlar (muhrlar, shtamplar yoki belgilar) hamda O‘zbekiston Respublikasining diplomatik vakolatxonalarining shaxsni boshqa davlatda bo‘lgan vaqti va konsullik hisobiga qo‘yilganligi ma’lumoti ko‘rsatilgan tegishli hujjatlar asosida tasdiqlanadi.

Chet elda ishlovchi shaxs pensiya bilan ta’minlanish miqdoridan kelib chiqib Pensiya jamg‘armasiga yagona ijtimoiy to‘lov miqdorini mustaqil ravishda, biroq yiliga yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash sanasida qonun hujjatlarida belgilangan pensiya hisoblashning bazaviy miqdorining to‘rt yarim barobari miqdorda belgilashi mumkin. Chet elda ishlovchi shaxs tomonidan bir yil uchun to‘lanadigan ijtimoiy to‘lovning eng kam miqdori 2020-yil 1-dekabr holatiga 1 181 115 so‘mni tashkil etadi.

Yagona ijtimoiy to‘lov to‘lash quyidagi tartibda amalga oshirilishi mumkin:

  • har oyda yoki har chorakda;
  • bir yo‘la — O‘zbekiston Respublikasiga kelgan kunidan boshlab uch yil mobaynida.

Yagona ijtimoiy to‘lov naqd pulsiz hisob-kitob bo‘yicha to‘langan taqdirda to‘lov hujjatida ko‘rsatilgan sana yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan kun hisoblanadi. To‘lov hujjatida familiyasi, ismi, otasining ismi, STIR va to‘lov amalga oshirilayotgan davr albatta ko‘rsatilishi shart. Agar to‘lov hujjatida davr ko‘rsatilmagan bo‘lsa, to‘lov u amalga oshirilayotgan oy uchun to‘langan deb hisoblanadi.

Milliy valyutadagi yagona ijtimoiy to‘lov chet elda ishlovchi shaxs doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organlariga xizmat ko‘rsatayotgan banklarda ochilgan Pensiya jamg‘armasining tegishli daromad tranzit hisob raqamlariga uning tomonidan mustaqil ravishda, oila a’zolari yoki ishonchli vakil tomonidan to‘lanadi.

Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallarini to‘lash xorijiy valyutada (boshqa davlat hududidan) Pensiya jamg‘armasining maxsus valyuta hisob raqamlariga amalga oshirilishi mumkin va to‘lov sanasiga Markaziy bank tomonidan belgilangan kurs bo‘yicha milliy valyutaga qayta hisoblab chiqiladi.

Chet elda ishlovchi shaxs yagona ijtimoiy to‘lov to‘lashni to‘xtatib turganda, pensiya tayinlash uchun olinadigan ish staji hisobi yagona ijtimoiy to‘lov to‘langan so‘nggi sanadan boshlab to‘xtatib turiladi.

Yagona ijtimoiy to‘lov miqdori uning belgilangan miqdoridan kam bo‘lgan taqdirda, pensiya tayinlash uchun olinadigan tegishli davr uchun ish staji zarur mablag‘larni qo‘shimcha ravishda kiritish sharti bilan hisobga olinadi.

Chet elda ishlovchi shaxs yagona ijtimoiy to‘lov hisobi uning doimiy yashash joyi bo‘yicha davlat soliq xizmati organida yuritiladi.

Chet elda ishlovchi shaxslar ish stajiga ular faoliyat yuritgan va yagona ijtimoiy to‘lov to‘lagan davrlari kiritiladi.

Pensiya miqdorini hisoblab chiqishda hisobga olinadigan aniq bir oy (yil) uchun chet elda ishlovchi shaxsning daromadi Pensiya jamg‘armasiga to‘langan oylik (yillik):

  • 2019 yil 1 yanvarga qadar bo‘lgan davr uchun - sug‘urta badallari summasini sug‘urta badallarini to‘lash davrida amalda bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun) va fuqarolarning sug‘urta badallarining umumiy stavkasiga;
  • 2019 yil 1 yanvardan keyingi davr uchun - yagona ijtimoiy to‘lov summasini yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash davrida amalda bo‘lgan yagona ijtimoiy to‘lov (mikrofirmalar va kichik korxonalar, shuningdek, fermer xo‘jaliklari uchun) stavkasiga bo‘lish hamda olingan natijani 100 ga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi.
Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring