Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uxandagi o‘zbekistonliklar Toshkentga yetib keldi (video)

Uxandagi o‘zbekistonliklar Toshkentga yetib keldi (video)

Foto: «Uzbekistan Airways»

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasining samolyoti Uxandan yo‘lovchilar bilan bugun mahalliy vaqt 11:45 da Toshkent ayeroportiga yetib keldi. Bu haqda avikompaniya matbuot xizmati xabar berdi. 

Samolyotda 84 nafar yo‘lovchilar, ekipaj a’zolari, shuningdek tibbiyot xodimlari va zamonaviy himoya vositalari bilan virusologiya sohasi mutaxassislari bor.

Oldin xabar qilinganidek, kelganidan keyin yo‘lovchilar vaqtincha yashash markaziga yuboriladi.

Eslatib o‘tamiz, kecha 4-fevral kuni charter reys bilan 250 nafar O‘zbekiston fuqarosi Xitoydan olib kelingandi. 

Yo‘lovchilarning vaqtincha turar joy markazida bo‘lishiga oid savol uchun O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Sanitariya-epidemiologiya farovonligi agentligining bosh ofisiga quyidagi telefon orqali murojaat qiling:

+998 (71) 276-49-66

 

 <>

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring