Xayriya fondi hisobchisi yarim milliardni "yeb yubordi"
Ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun ajratilgan yordam pullarini o‘zlashtirgan bosh hisobchi aniqlandi.
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz shahar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “Mahalla” xayriya jamoat fondi viloyat bo‘lim boshqaruvi bosh hisobchisi M.T. va boshqalar 2021-2022 yillar mobaynida "Mahalla" xayriya jamoat fondi huzurida tashkil etilgan "Saxovat va ko‘mak" jamg‘armasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj hamda davolanish va jarrohlik amaliyoti o‘tkazish uchun 48 nafar fuqaroga yordam pullari berilganligi to‘g‘risida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, jami 499,8 mln so‘mni o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 209-moddasi (mansab soxtakorligi) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter