Xavotir olmang, o‘zimiz boramiz!
Davlat xizmatlari agentligi xabar berishicha, Davlat xizmatlari markazlari xodimlari dam olish kunlari ham yurtdoshlarimizga sayyor davlat xizmatlari ko‘rsatishmoqda. Bundan tashqari, markaz xodimlari tomonidan aholining huquqiy savodxonligini oshirish, mamlakatimizda amalda bo‘lgan ikkita ijtimoiy aksiya hamda agentlik faoliyati haqida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
Natijalar bilan tanishamiz:
Jizzax viloyatidagi Samarqand MFYda DXM xodimlari adliya, kadastr organlari bilan hamkorlikda 30 dan ziyod xonadonlarni o‘rganishdi. O‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlarni qonuniylashtirish aksiyasi bo‘yicha 7 ta ariza olinib, tizimga kiritilgan, 1ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan, 1 ta yuridik shaxs esa qayta ro‘yxatdan o‘tkazilgan, shuningdek, 5 nafar fuqaroga boshqa davlat xizmatlari ko‘rsatilgan.
Samarqand viloyatining Kattaqo‘rg‘on tuman DXM xodimlari esa ijtimoiy aksiyalar bo‘yicha aholi o‘rtasida tushuntirish ishlari olib borishgan.
Samarqand shahar Davlat xizmatlari markazi 10 nafar fuqaroning o‘zboshimchalik bilan qurilgan turar joylariga mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha hokim qarorini o‘z egalariga topshirdi.
Davlat xizmatlari agentligi Namangan viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) DXM lar tomonidan ommaviy tarzda Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 21-iyuldagi 461-sonli qarori targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi. Ular davomida 250 nafar fuqaroning mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha murojaatlari shu joyning o‘zida olindi.
Targ‘ibot ishlari shuningdek Surxondaryo viloyatining Angor tumanida ham davom etmoqda.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Chimboy tumani DXM xodimlari shu yerdagi Qurilish va servis kasb-hunar kolleji bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etishdi. Unda respublikamiz Vazirlar Mahkamasining 850-sonli qarori mazmun-mohiyati hamda bugunda DXM tomonidan ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan. Shuningdek, sayyor tartibda 33 nafar fuqaroga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami topshirilgan.
Davlat xizmatlari agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi va tuman (shahar) DXMlar tomonidan Vazirlar Maxkamasining 2018-yil 21-iyuldagi 461-sonli qarori mazmun-mohiyati yuzasidan viloyatning barcha hududida keng miqyosda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Natijada o‘tgan hafta davomida 2 600 nafar fuqaroning turar joylarga nisbatan mulk huquqini e’tirof etish murojaatlari qabul qilinib, vakolatli organga yuborilgan. Viloyatda targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
Toshkent shahrining Uchtepa tumani Davlat xizmatlari markazi tomonidan uyma-uy yurib, sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi. Bundan tashqari, 25 ta yakka tartibdagi tadbirkor davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi, 10 ta elektron raqamli imzo hamda ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari haqida tushuntirishlar berildi.
Bektemir tuman Davlat xizmatlari markazi sayyor qabuli natijasida esa 19 ta YaTT, 19 ta elektron kalit hamda 8 ta STIR berildi, deya xabar bermoqda Davlat xizmatlari agentligi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter