Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni his etib turibman» — Shavkat Mirziyoyev

«Xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni his etib turibman» — Shavkat Mirziyoyev

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylagan barcha yurtdoshlarimga minnatdorlik bildirdi.

«Olijanob va bag‘rikeng xalqimiz menga yana bir bor katta ishonch bildirib, buyuk Vatanimiz taqdiri uchun butun mas’uliyatni o‘z  zimmamga  olish  imkonini berganini shu hayajonli lahzalarda yanada chuqur anglab, qalbim cheksiz g‘urur va iftixor tuyg‘ulariga to‘lmoqda.

 Shu bilan birga, bugun yelkamga qanday ulug‘vor mas’uliyat olayotganimni, Vatanimiz mustaqilligi, 36 milliondan ziyod aziz xalqimning tinchligi va farovonligi uchun shaxsan javobgar ekanimni yurak-yuragimdan his etib turibman.

Mana shunday yuksak ishonch uchun, hurmat va e’tibor uchun ko‘pmillatli, mard va donishmand xalqimizga farzandlik mehri va sadoqati bilan ta’zim qilaman», – dedi Prezidentimiz.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring