Davlatlararo qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olindi
Politsiya xodimlari Sankt-Peterburg shahrida davlatlararo qidiruvda bo‘lgan 55 yoshli O‘zbekiston fuqarosini qo‘lga olishdi. Bu haqda «78.ru» axborot sayti o‘z manbasiga tayanib xabar berdi.
Ayol yirik miqdordagi firibgarlikda ayblanmoqda. Aniqlanishicha, u 2018 yil avgust oyida o‘z uyini tanishiga rasmiylashtirib berishni va’da qilib, undan 13,5 ming dollar avans pulini olgan. Biroq va’dasini bajarmay, pullarni o‘zlashtirib, sarflab yuborgan.
Ayol hibsga olingan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter