Xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik ayol Kuala-Lumpurda qo‘lga olindi
Huquq-tartibot idoralari tomonidan Interpol kanallari orqali odam savdosi bilan bog‘liq jinoyat uchun qidiruvda bo‘lgan va o‘zgartirilgan shaxsiy ma’lumotlar ostida uzoq vaqt davomida Malayziyada yashirinib yurgan O‘zbekiston fuqarosi (ayol) Kuala-Lumpurdan Toshkentga ekstraditsiya qilindi.
Bu haqda Interpolning O‘zbekiston Respublikasidagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi.
Interpolning Toshkent va Kuala-Lumpurdagi Milliy markaziy byurolari o‘rtasida olib borilgan qo‘shma harakatlar va tezkor axborot ta’minoti, shuningdek, O‘zbekistonning Malayziyadagi elchixonasi vakillarining bevosita ko‘magida jinoyatchining shaxsini aniqlash va qo‘lga olish imkonini berdi.
Malayziya hukumati qidiruvdagi ayolni ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi qaroridan so‘ng, Interpol xodimlari hamrohligida jinoyatchi munosib jazo olish uchun O‘zbekistonga olib ketildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter