Xalq banki tomonidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturi doirasida 10 671 ta yangi ish o‘rini yaratildi
Aksiyadorlik tijorat Xalq banki tomonidan «Har bir oila – tadbirkor» dasturini amalga oshirish yuzasidan joriy yilning o‘zida jismoniy shaxslar va tadbirkorlik sub’yektlariga jami 218,7 mlrd.so‘m miqdoridagi imtiyozli kreditlar ajratildi.
Bu haqda 25-aprel kuni bank tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ta’kidlangan.
Tadbir davomida Xalq banki Boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari Tohir Rahmonov ushbu imtiyozli kreditlar hisobidan 10 671 ta yangi ish o‘rinlari yaratilgani haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, Anjumanda «Yoshlar kelajagimiz» Davlat dasturi doirasida 2019-yilda Xalq banki tomonidan 3 752 ta loyiha bo‘yicha 732,9 mlrd. so‘m miqdorida imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilishi rejalashtirilayotgani aytildi.
Tadbir davomida Xalq banki tomonidan yaqinda joriy etilgan Overdraft «Pensiya karta»lari haqida ham ma’lumot berildi. Bunday kartalar pensiya oluvchi jismoniy shaxs xohishiga ko‘ra, bepul va besh yil muddatga ochib berilishi ta’kidlandi.
Ushbu kartalarni ochgan mijozga pensiya mablag‘lari moliyalashgunga qadar, bank hisobidan oylik pensiyaning 50 foizigacha qismi har oyda 1,33 foiz ustama to‘lash sharti bilan ajratiladi.
Reklama huquqi asosida
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter