Xabarovskda favqulodda holat e’lon qilindi
Bugun, 11-aprel kuni Rossiyaning Xabarovsk shahrida «Mi-8» vertolyoti halokatga uchragani haqida xabar qilgan edik.
Xabarovsk o‘lkasi rahbariyati bayonotiga asoslanib, «Gazeta.ru»ning ma’lum qilishicha, mazkur hududda favqulodda holat joriy etilgan.
Hodisani tekshirganlar halokatga «yomon ob-havo, texnik nosozlik yoki uchuvchining xatosi» sabab bo‘lganini ma’lum qilgan.
Mazkur hodisa tufayli olti kishi halok bo‘lgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter