Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

Xorazmda voyaga yetmagan qizlarni fohishalikka majburlab sotayotgan shaxs qo‘lga olindi

2021-yil 2-fevral kuni Xorazm viloyati IIB TXTB boshlig‘i nomiga kelib tushgan arizaga ko‘ra, R.M. ismli ayol, yosh voyaga yetmagan qizlarni uyida saqlab, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlab, bir necha kunga boshqa viloyatlarga 1000-1500 AQSh dollariga doimiy ravishda sotib yuborayotganligi ma’lum qilingan.

Arizaga muvofiq olib borilgan tezkor tadbir davomida 1989-yilda tug‘ilgan, Urganch shahar, Gurlan ko‘chasida yashovchi R.M., shartli xaridor sifatida jalb qilingan M.Mga 1.400 AQSh dollari evaziga 2002-yilda tug‘ilgan, Urganch shahar Namangan ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi M.F. hamda 1999-yilda tug‘ilgan, Urganch shahar Proyektnaya ko‘chasida ro‘yxatda turuvchi M.A.ni 7 kunga Samarqand viloyatiga fohishalik qilib kelish uchun sotib, Xazorasp bekatiga borib M.M.dan pullarni olayotgan vaqtida qo‘lga olindi.

Mazkur holat yuzasidan fuqaro R.Mga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 135-moddasi 2-qismi «b» bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring