Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirilmoqda

Odam savdosi jinoyati uchun jazo kuchaytirilmoqda

Senat axborot xizmati

Senatning ikkinchi yalpi majlisida «Odam savdosi jinoyati uchun jazo choralari kuchaytirilayotganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasiga o‘zgartirish kiritish to‘g‘risida»gi Qonun muhokama qilindi.

Fuqarolarning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, odam savdosiga qarshi kurashish, undan jabrlangan shaxslarni har tomonlama himoya qilish borasida tizimli ishlar olib borilayotgani ta’kidlandi.

Natijada odam savdosiga qarshi kurashish sohasidagi ishlar tizimlashtirilib, ushbu jinoyatdan jabrlanganlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, xorijdagi O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini huquqiy himoya qilish davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.

O‘g‘irlash, zo‘rlik ishlatish yoki zo‘rlik ishlatish bilan qo‘rqitish yoxud majburlashning boshqa shakllarini qo‘llash orqali odam savdosi jinoyatini sodir etganlik uchun jazo chorasi kuchaytirilayotganligi alohida ta’kidlandi.

Bundan tashqari, muhokama davomida Qonun bilan odam savdosi jinoyatini homilador ayolga nisbatan sodir etgan shaxslarga  og‘irroq jazo choralarini belgilovchi o‘zgartirishlarni kiritish taklif etilayotganligi qayd etildi.

Muhokama yakunida Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring