Viloyatlarda quriladigan uy-joylar soni va narxi ma’lum qilindi
Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda uy-joy qurilishi va ipoteka bozorini rivojlantirish borasida selektor yig‘ilishi o‘tkazmoqda. Majlis davomida qaysi viloyatda qancha uch-joy qurilishi va narxi qancha bo‘lishi ma’lum qilindi.
«Xabar.uz» muxbirining xabar berishicha, yil davomida 54 ming uy-joy quriladi. Shundan:
Qoraqalpog‘istonda – 2 290 ta,
Andijonda – 4 665 ta,
Buxoroda – 3 220 ta,
Jizzaxda – 1 670 ta,
Qashqadaryoda – 3 710 ta,
Navoiyda – 1 836 ta,
Namanganda – 4 025 ta,
Samarqandda – 4 479 ta,
Surxondaryoda – 3 989 ta,
Sirdaryoda – 1 414 ta,
Toshkent viloyatida – 4 046 ta,
Farg‘onada – 4 530 ta,
Xorazmda – 3 016 ta
Toshkent shahrida – 7 556 ta.
Davlat rahbari quriladigan uy-joy haqida shunday dedi:
«Biz bugungi kunga qadar bunaqa hajmdagi qurilish dasturini amalga oshirmaganmiz.
Shuning uchun, har bir viloyat hokimi uy-joy masalasida shaxsan o‘zi ichiga kirib, aniq hisob-kitobga ega bo‘lishi kerak va bugungi yig‘ilishda ishlarni qanday tashkil etish yuzasidan hisobot beradi.
Eng katta masala – bu uy-joylarning narxini adolatli shakllantirish. Bugungi narx-navodan odamlarimiz rozi emas va hokimlar buni ichiga kirmagani ham, rost».
Prezident shu bilan birgalikda viloyat va tuman hokimlaridan uy narxining bir kvadrat metri 4 million so‘mdan oshmasligi uchun barcha zarur choralarni ko‘rishni so‘radi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter