Viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari hisobot berdi

Joriy yilning 11-iyun kuni Bosh prokuraturada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar prokurorlarining tadbirkorlik va investitsiyalarni huquqiy himoya qilish yo‘nalishidagi o‘rinbosarlari malakasini oshirish yuzasidan o‘tkazilayotgan o‘quv kursi doirasida tadbirkorlik sub’yektlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Ushbu uchrashuvda yirik, o‘rta va kichik biznes sub’yektlari vakillari respublikamizda tadbirkorlik faoliyatini keng yo‘lga qo‘yish mexanizmlarini hayotga tatbiq etish haqida fikr va mulohazalarni bildirdilar.
Shuningdek, ularni qiziqtirayotgan savollar yuzasidan Bosh prokuratura malakali mutaxassislari tomonidan tushuntirishlar berildi.
Uchrashuv davomida viloyat prokurorlarining o‘rinbosarlari o‘z hududlarida tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida to‘xtalib o‘tishdi.
Uchrashuvda 2 ta yirik hamda 5 ta o‘rta va kichik biznes vakillari ishtirok etdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter