Viloyat hokimlariga 2 mingta bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasasini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi
![Viloyat hokimlariga 2 mingta bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasasini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasi yuklatildi](https://static.xabaruz.com/crop/3/9/720_460_95_3921921968.jpg)
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev huzurida hududlarda ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash masalalari yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda.
Davlatimiz rahbari viloyat hokimlari oldiga kelgusi ikki yilda 2 mingta bog‘cha, maktab va tibbiyot muassasalarini ichimlik suvi bilan ta’minlash vazifasini qo‘ydi.
Ushbu maqsadlar uchun respublika budjetidan 50 milliard so‘m, mahalliy budjetlar hisobidan yana 50 milliard so‘m ajratiladi.
Bundan tashqari, Jahon bankining qishloqlar infratuzilmasini yaxshilashga ajratilgan 160 milliard so‘m hamda «Obod qishloq» va «Obod mahalla» dasturlarida 413 ta mahallada ichimlik suvi ta’minotini yaxshilashga beriladigan 1 trillion so‘m mablag‘lar ham birinchi navbatda shu maqsadlarga yo‘naltiriladi.
Ushbu maqsadlarga qo‘shimcha 100 million dollar xalqaro moliya tashkilotlarining mablag‘larini jalb qilish topshirildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter