Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik: dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Vazirlik: dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi

Foto: Xabar.uz

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar – 5 kun (18-22-mart), olti kunlik ish haftasida ishlaydiganlar – 4 kun (19-22-mart) ketma-ket dam oladi.

Ana shu davrda quyidagi davolash-profilaktika muassasalarining 40 ming nafar tibbiyot xodimi qonunda belgilangan tartibda, navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatadi:

- 1257 ta ko‘p tarmoqli va oilaviy poliklinika,
- 1080 ta oilaviy shifokor punkti,
- 1002 ta mahalla tibbiyot punkti,
- tuman, viloyat va respublika shifoxonalari,
- ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlari,
- tibbiyot oliy o‘quv yurtlari klinikalari.

Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi, uning hududlardagi 13 ta filiali, tumanlardagi 181 ta shoshilinch tibbiy yordam qabul bo‘limi hamda tumanlararo qo‘shma shikastlanishlar va o‘tkir qon-tomir kasalliklari markazlarida 24 soat davomida navbatchi shifokor va hamshiralar faoliyat yuritadi, deyiladi SSV matbuot xizmati xabarida.

Yurtimiz bo‘yicha 2755 ta tez tibbiy yordam brigadasi aholidan bo‘ladigan chaqiriqlar asosida kunu tun xizmat ko‘rsatadi.

Bundan tashqari, 227 ta tug‘uruq, 245 ta bolalar davolash muassasaci ham uzluksiz ish olib boradi.

Respublika Call-markazi (1003) orqali tibbiyotga tegishli savollaringizga malakali mutaxassislardan kechayu kunduz javob olishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring