Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Oq va qora»: Vatan «Feysbuk»da sevilmaydi! (video)

«Oq va qora» ko‘rsatuvining navbatdagi soni tayyorlandi. Unda «Xabar.uz» axborot-tahliliy portali kolumnisti, mustaqil terrolog-analitik Said-Abdulaziz Yusupov jamiyatdagi ijtimoiy adolatsizlik va marhamatsizlik oqibatida kelib chiqadigan muammolar, xususan, odamlarda terrorizm hamda ekstremizmga moyillik qanday shakllanishi, buning oldini olish choralari haqida so‘z yuritadi.

Quyida ko‘rsatuvda muallif aytib o‘tgan eng muhim iqtiboslar bilan tanishishingiz mumkin:

Terror yo‘liga kirgan, radikal yo‘lga kirgan insonlar bilan gaplashib, bitta narsani bildim, ularning orasida baxtli inson yo‘q...

Jamiyatda ijtimoiy adolatsizlikka, ijtimoiy nohaqlikka, marhamatsizlikka uchragan insonlardangina chiqadi bunday adashganlar...

Ekstremizm paydo bo‘lishi uchun eng avvalo ekstremistik kayfiyat paydo bo‘lishi kerak...

Ekstremistik kayfiyat ijtimoiy adolat bo‘lmagan joyda paydo bo‘ladi...

Davlat turishi uchun adolat qancha zarur bo‘lsa, marhamatlilik xuddi shu darajada zarur...

Imomlar ma’ruzalar ijtimoiy hayotga bog‘lanmas ekan, ulardan foyda bo‘lmaydi...

Imomlarimiz bitta zavod qurish savobi bitta masjid qurish savobi bilan teng ekanini aytishlarini xohlayman...

Odamlar imomlarning faqatgina so‘zdamas, amalda ham bir xil bo‘lishini ko‘rishlari kerak!...

Dinga va Vatanga muhabbat ayro-ayro tushunilmasligi kerak...

Vatanga parokandalik keltirib, iymonda komillikka yetib bo‘lmaydi...

Ushbu ko‘rsatuvni tayyorlashda yaqindan yordam bergan «O‘zbekiston» mehmonxonasi rahbariyatiga muallif chuqur minnatdorlik bildiradi.


Mavzuga doir:
«Hozir Prezidentga judayam qiyin» — «Xabar.uz»da yilning eng shov-shuvli teleloyihasi

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring