Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uzumning yashirin foydasi aniqlandi

Uzumning yashirin foydasi aniqlandi

Foto: superdom.ua

Jeneva universiteti olimlari uzum tarkibidagi tabiiy komponent — resveratrol o‘pka saratoni xastaligiga qarshi kurashish xususiyatiga ega ekanini aniqlashdi.

«Science Daily» xabar berishicha, olimlar buni sichqonlar ustida sinov o‘tkazib bilishdi. Kemiruvchilar avvaliga tamaki tutuni tarkibida bo‘ladigan kanserogen bilan kasallantirildi, keyin esa resveratrol yordamida davolandi.

Sichqonlar to‘rt guruhga ajratildi: birinchi — nazorat guruhiga kanserogen ham, resveratrol ham berilmadi, ikkinchisiga — har ikki modda berildi, uchinchi va to‘rtinchi guruhlar bittadan modda oldi.

Aniqlanishicha, «davolanish olgan» eksperiment ishtirokchilarida xavfli o‘sma hajmi boshqa guruhdagilarnikiga nisbatan 45 foizga kichraygan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring