«Uzoq qishloqlar ham O‘zbekiston» — Prezident chekka hududlardagi tibbiyot xodimlariga qo‘shimcha imtiyoz berilishini aytdi
2021-yildan boshlab, boshqa joydan olis va chekka hududlarga kamida uch yil ishlab berish uchun kelgan shifokorlarga, 30 million so‘m miqdorida bir martalik rag‘bat puli to‘lash, ularni xizmat uyi bilan ta’minlash yoki ijara to‘lovini (oyiga 540 ming so‘m) budjetdan qoplab berish tizimini joriy etilgan edi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tibbiyot xodimlariga beriladigan qo‘shimcha imtiyozlarni ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, «Qishloq shifokori» dasturi yanada takomillashtiriladi va 2022-yil 1-maydan boshlab:
- olis va chekka hududlarda faoliyat olib borayotgan shifokorlarning oylik ish haqiga 2 million so‘mdan qo‘shimcha ustama to‘lanadi;
- ushbu shifokorlarga ipoteka asosida uy-joy sotib olish xarajatining 50 foizgacha qismi mahalliy budjetlardan qoplab beriladi;
- bundan buyon, olis va chekka hududda uzluksiz uch yil ishlagan shifokor, klinik ordinaturaga imtihonsiz qabul qilinadi.
«Uzoq qishloqlar ham O‘zbekiston. U yerning ham havosini, suvi, gazini ko‘rib kelish kerak», — dedi prezident tibbiyot xodimlariga qilgan murojaati davomida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter