«Uzcard-Visa kobeydjing kartalari» loyihasi ikki tomonning bir to‘xtamga kelmaganligi sababli to‘xtatildi
Avvalroq «Visa» kompaniyasi O‘zbekiston bozorida tez orada chiqarilishi aytilgan «UzCard-Visa» kartasi to‘g‘risidagi xabarlarni rad etgani haqda ma’lum qilgan edik. «Uzcard» kompaniyasi o‘zining rasmiy saytida ma’lum qilishicha, «Visa» kompaniyasi bilan olib borilgan uzoq muddatli muzokaralar natijasida «Uzcard-Visa kobeydjing kartalari» loyihasi ikki tomonning bir to‘xtamga kelmagani sababli, to‘xtatilgan.
«2018 yilning 26-27 iyul kunlari ushbu loyihaga tegishli ikkala kompaniya vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Uchrashuv natijalari rasmiy saytimizda e’lon qilinadi»,-deyiladi «Uzcard» xabarida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter