«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Otaturk» aeroportiga amalga oshiriladigan barcha reyslarni bekor qildi
![«O‘zbekiston havo yo‘llari» «Otaturk» aeroportiga amalga oshiriladigan barcha reyslarni bekor qildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/5/720_460_95_15803300.jpg)
Joriy yilning 7 aprelidan «O‘zbekiston havo yo‘llari» MAK O‘zbekistondan Istanbulga amalga oshiriladigan reyslarni «Otaturk» nomidagi xalqaro aeroportidan Istanbulning yangi xalqaro aeroportiga (Istanbul New Airport) o‘tkazadi. 7 apreldan boshlab «Otaturk» yo‘lovchi reyslari uchun yopiladi. Bu haqda kompaniya axborot xizmati xabar berdi.
Turkiya Aviatsion hukumati qarori bilan «Otaturk» nomidagi aeroportga 5-6 aprel sanasida amalga oshiriluvchi barcha reyslar bekor qilinadi.
Bekor qilingan reyslar:
- 2019 yil 5 aprel HY271/272, HY273/274, HY275/276
- 2019 yil 6 aprel HY271/272, HY273/274
Kompaniya xabariga ko‘ra, ushbu reyslarga chiptalari bo‘lgan yo‘lovchilar ularni sotib olgan joylariga chiptaning amal qilish vaqti doirasida hech qanday jarimalarsiz qaytarishlari yoki uchish kunini o‘zgartirishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter