Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Uzbekistan Airways» aksiruvchi yo‘lovchilarga ham chora topmoqda

«Uzbekistan Airways» aksiruvchi yo‘lovchilarga ham chora topmoqda

Foto: «Pravdaurfo.ru»

COVID-19 tarqalishining oldini olish maqsadida «Uzbekistan Airways» servis xizmatlariga ayrim o‘zgartirishlar kiritilganini ma’lum qiladi.

Barcha ekipaj a’zolari parvozdan oldin majburiy tibbiy tekshiruvi va harorat o‘lchovlaridan o‘tadilar. Butun parvoz davomida ular tibbiy niqob va himoya qo‘lqoplarida bo‘lishadi.

Har bir reysdan so‘ng samolyot maxsus vositalar bilan yaxshilab tozalanadi, yuza va ashyolarga ishlov beriladi.

Samolyotning yo‘lovchilar bo‘linmasida havo ventilyasiyasi yuqoridan pastga aylanadi.

Bu esa boshqa qatordagi yo‘lovchilardan kimdir aksa urganda havo tomchilari boshqa yo‘lovchilarning nafas yo‘llariga tushmasligini ta’minlaydi.

Yo‘lovchilarning niqobda bo‘lishlari esa kichik zarrachalar tarqalishining oldini oladi.

«Uzbekistan Airways» aviakompaniyasi samolyotlari virus va bakteriyalarning 99,97 foizini ushlab qoluvchi zamonaviy NERA-filtrlari bilan jihozlangan.

Suv, quloqchinlar, oziq-ovqat, shuningdek, biznes klass uchun yo‘l va bolalar to‘plamlari alohida o‘ramlarda beriladi.

Samolyotda parvoz vaqtida rioya qilish lozim bo‘lgan sanitariya qoidalari va tavsiyalar bilan https://t.me/uzbekistanairways havolasi orqali tanishishingiz mumkin.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring