Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uyida qimorxona ochgan shaxs «ish ustida» qo‘lga tushdi

Uyida qimorxona ochgan shaxs «ish ustida» qo‘lga tushdi

Foto: Toshkent viloyati IIBB axborot xizmati

Bo‘ka tumani IIB HPB profilaktika inspektorlari o‘z xonadonida qimorxona ochgan shaxsni «mijoz»lari va ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olishdi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.

2020-yilning 22-iyul kuni profilaktika inspektorlari tomonidan o‘tkazilgan tadbir davomida «O‘zbek» MFYda yashovchi 61 yoshli B.E.ning xonadoni ko‘zdan kechirilganida, qonunga xilof ravishda, qolaversa, cheklovlar va karantin qoidalari joriy etilgan bir sharoitda, 6 nafar shaxs pul tikib qimor o‘yini tashkil qilganligi aniqlangan. Ushlanganlar 50-60 yosh oralig‘idagi fuqarolar.

Surishtiruv davomida aniqlanishicha, xonadon egasi B.E. qimor o‘ynashga sharoit yaratib berib, evaziga har bir o‘yindan ma’lum miqdorda pul mablag‘i olib kelgan.

Ushbu shaxslardan qimor o‘ynash uchun moslashtirilgan oshiqlar va boshqa anjomlar, shuningdek, 850 AQSh dollari hamda 2 million 258 ming so‘m pul mablag‘lari ashyoviy dalil sifatida, xolislar ishtirokida rasmiylashtirib olingani xabarda aytiladi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring