Bo‘kada ikki yuz ming so‘mlik banknotani soxtalashtirganlar qo‘lga olindi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bo‘ka tuman bo‘limi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.
Unda fuqarolar Z.E. va K.K. tumanning markaziy ko‘chasida joylashgan savdo markazida amalga oshirgan xaridi uchun «F.S» MChJ sotuvchisi N.Q.ga 2 dona 200 ming so‘mlik qalbaki kupyuralarni berganligi aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qog‘ozlar yasash, ularni o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter