«Ustyurtda bir milliondan ziyod sayg‘oqdan uch mingtagina qoldi...»
Bugun Xalqaro Press klubning 22-may – Xalqaro biologik xilma-xillik kuni munosabati bilan sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
O‘zAning yozishicha, sessiyada Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi muhofaza etiladigan tabiiy hududlar bo‘lim boshlig‘i Halilulla Sherimbetov biologik resurslarni iqtisodiy baholash borasida to‘xtalib o‘tar ekan yo‘qolib ketgan va yo‘qolish xavfi bo‘lgan o‘simlik va hayvonlar borasida o‘z tahlillarini taqdim etdi.
O‘tgan asrning 70-80 yillarida Ustyurtda sayg‘oqlar soni bir milliondan oshiq bo‘lgan. Hozir ular soni uch mingdan ko‘p emas, O‘zbekistondagilar soni 100-200 bosh atrofida. Uning shoxi uchun ov qilishadi va shox narxi ming AQSh dollarigacha baholanadi.
O‘tgan asrning 60-yillarigacha O‘zbekistonda Turon yo‘lbarsi bo‘lgan, mana shu tur yo‘qolgan. Bunga sabab to‘qayzorlarning keskin kamayib ketganligi, o‘sha hayvonning yashash muhiti yo‘qolganligidir. Dunyo tashkilotlari ma’lumotiga ko‘ra, o‘simlik va hayvonot dunyosi bilan noqonuniy savdo qilish daromadi narkotiklardan keyingi o‘rinda turadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter