Usmonxon Alimov: «Ibodat libosi» degan tushuncha yo‘q
Bugun, 26-aprel kuni Xalqaro press klubning navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi va u «Diniy-ma’rifiy soha faoliyatini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmon muhokamasiga bag‘ishlandi.
Sessiyada «Xabar.uz» axborot tahliliy portalining vakili ham ishtirok etdi. Tadbir davomida «Kun.uz» sayti muxbiri Alisher Ro‘zioxunov shunday savol berdi:
— O‘zbekistonda jamoat joylarda ibodat libosida yurish taqiqlangan. Ammo bunday libos degan tushunchaga biror bir hujjatda aniq izoh berilmagan. Shunga oydinlik kiritsangiz?
Savolga O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alimov quyidagicha javob berdi:
— Islomda ibodat libosi degan termin yo‘q. Avratni yopuvchi libos bor. Bu tushuncha yanglish qo‘llanilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter