Urush qatnashchilari va faxriylariga Toshkent teleminorasiga kirish bepul bo‘ldi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizda Ikkinchi jahon urushining har bir qatnashchisi, front orti mehnat faxriylari holidan xabar olinmoqda, ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatilmoqda.
«Xabar.uz» nashriga «Radioaloqa, radioeshittirish va televideniye markazi» Axborot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ushbu korxona ham ezgu ishga qo‘l urgan. Jumladan, yurtimizdagi barcha Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari, front orti mehnat faxriylari va ularga hamrohlik qiluvchi shaxslarga Toshkent teleminorasiga kirish va ekskursiya tashkil etish bepul amalga oshirilishi yo‘lga qo‘yildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter