Urgutlik 86 yoshli onaxon 50 million so‘mga artezian qudug‘i qurdirdi
Ijtimoiy tarmoqlarda bir xabar tarqaldi. Samarqand viloyatining Urgut tumani, Qayroqli MFYda yashovchi 86 yoshli onaxon Fotima G‘afforova 20 ta xonadonni ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida artezian qudug‘i qurdiribdi.
Bu xayrli ish uchun onaxon shaxsiy mablag‘idan 50 000 000 so‘m pul ajratgani aytilmoqda.
«Onaxonning bu savobli ishlari barchamizga ibrat bo‘lishi lozim. Tuman hokimligi va Qayroqli mahallasi fuqarolari nomidan minnatdorlik bildiramiz, umrlari uzoq bo‘lsin», — deb yozib qoldirgan «Facebook» foydalanuvchisi Mamatjon Turdiyev o‘z sahifasida.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter