Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ulug‘bek Sultonov, Mubashshir Ahmad va Shermurod Tog‘ay ishdan olindi

Ulug‘bek Sultonov, Mubashshir Ahmad va Shermurod Tog‘ay ishdan olindi

Suratda: Mubashshir Ahmad va Shermurod Tog‘ay

Kollaj: «Xabar.uz»

Ishonchli manbalarimizning xabariga ko‘ra, O‘zbekiston musulmonlari idorasining Kotibiyat bo‘limi mudiri Ulug‘bek Sultonov va bo‘lim xodimi Mubashshir Ahmad lavozimidan ozod etilgan.

Shuningdek, Toshkent shahridagi «Tinchlik» va «Do‘mbirobod» masjidlarida imom-xatib lavozimlarida ishlagan Shermurod Tog‘ay ham ishdan olingan. Aytishlaricha, ularning buyrug‘i bir kunda — 2018-yil 30-mart kuni chiqqan.

Biz ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida Musulmonlar idorasi bilan bog‘lanishga urindik. Qabulxonadagilar «Xodimlar» bo‘limiga, «Xodimlar» bo‘limidagilar «Masjidlar» bo‘limiga murojaat qilishimizni aytishdi. «Masjidlar» bo‘limidagilar esa bu haqda rasmiy xabar mavjud emasligini bildirdi. Xullas, u yerda to‘g‘ri va ishonchli ma’lumot beradigan mas’ul shaxs topilmadi.

Yuqoridagi xabarlar hozircha rasman tasdiqlanmagan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring