Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Uchuvchi Aleksandr Xarlamovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Uchuvchi Aleksandr Xarlamovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

O‘zbekiston Qurolli Kuchlari davlat muzeyida Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha Markaziy kengash a’zosi, mohir uchuvchi Aleksandr Xarlamovning 70 yillik yubileyiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Tadbirda so‘zga chiqqan Mudofaa vazirligi Faxriylar ishlari bo‘yicha Markaziy kengashi hamda «Veteran» jangchi-faxriylar va nogironlar birlashmasi raislari uning hayotiy tajribasi, O‘zbekiston Qurolli Kuchlari Harbiy havo kuchlari qo‘shinlarini rivojlantirishga qo‘shgan hissasini alohida qayd etib o‘tdilar.

Foto:Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Tadbir so‘ngida Qurolli Kuchlar davlat muzeyida Aleksandr Xarlamovga bag‘ishlangan ekspozitsiyaning ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Aleksand Xarlamov 1948-yili Qozog‘istonning Zelenova tumanida tug‘ilgan. 1966-yilda Sizran oliy harbiy aviatsiya bilim yurtini tamomlagan. 1991—1992-yillar davomida Toshkentdagi aviatsiya boshqarmasi jangovar tayyorgarlik bo‘limi uchuvchisi — katta inspektor, 2000—2005-yillarda Harbiy havo kuchlari boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari, 2009—2011-yillar davomida «Chirchiq aviatsiya ta’mirlash zavodi»da sinovchi-uchuvchi sifatida faoliyat yuritgan. 2015 yildan buyon Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlari Faxriylar ishlari bo‘yicha kengashining raisi hisoblanadi.

Aleksandr Nikolayevich 1999—2000-yillarda aksilterror operatsiyalarida murakkab va mas’uliyatli vazifalarni bajargani uchun «Do‘stlik» hamda «Shon-sharaf» ordenlari bilan taqdirlangan. U O‘zbekiston vertolyot aviatsiyasining muvaffaqiyatli qo‘llanilishida, ko‘plab yosh harbiy uchuvchilarni tayyorlashda ulkan ishlarni amalga oshirgan. Havoda 7400 soatdan ortiq uchgani sabab «harbiy uchuvchi-snayper» nomini olgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring