Uchqo‘rg‘onda somondan qog‘oz ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi (foto)
Namangan viloyati hokimi Xayrullo Bozorov Uchqo‘rg‘on tumanidagi «Uzbek China paper» korxonasida tashkil etilgan somondan qog‘oz ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishdi. Bu haqda hokimlik axborot xizmati xabar berdi.
Tumanning Istiqbol MFY hududidagi bo‘sh turgan ob’yekt negizida tashkil etilgan korxonada yillik 1,5 ming tonna qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqariladi.
Umumiy qiymati 1,8 milliard so‘m bo‘lgan loyihani amalga oshirish uchun 600 million so‘m tadbirkorning o‘z mablag‘lari hamda 1,2 milliard so‘m bank krediti yo‘naltirildi.
2019 yilning oxirida ishga tushirilgan korxonada 10 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratilgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter