Uchar tadbirkordan «Neksiya» uchun to‘langan pul qaytarib olindi
Buxorolik Shoxiddin Axmedov iste’molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasiga ariza yozib, o‘zini anchadan buyon qiynayotgan muammo yuzasidan murojaat qildi.
Unga ko‘ra Shoxiddin Axmedov Buxoro shahridagi «Umid avto lizing» korxonasiga «Neksiya 3» avtomobili uchun 2018-yil avgust oyida 34.750.000 so‘m naqd pul to‘lagan. Ammo hozirga qadar avtoulovni ololmaganidan norozi bo‘lgan.
Federatsiya bunday muammolarga yechim topishga doim harakat qildi. Uchar tadbirkordan iste’molchining 34.750.000 so‘m naqd puli olib berildi va uning qonuniy huquqlari tiklanishiga erishildi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter