Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ucell Navro‘zga 132 tup nastarin ko‘chatini ekdi (foto)

Ucell Navro‘zga 132 tup nastarin ko‘chatini ekdi (foto)

Foto: «Xabar.uz»

Bugun, 14 mart kuni Navro‘z bayrami oldi uyushtirilgan umumxalq hasharida COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) 132 nastarin ko‘chatlarini ekdi.

Nastarin bog‘i Amir Temur 1-tor ko‘chasi, «Ucell-Plaza» bosh ofisining orqa tomonida barpo etildi.

O‘tgan yili volontyorlar yordami bilan Ucell uch marta daraxt ekish aksiyasini o‘tkazgandi.

2019 yil avgust oyida umumxalq hashar kuni xodimlar «Yashil shahar» daraxtlarini ekish bo‘yicha birinchi ko‘ngilli ommaviy aksiyada ishtirok etgan va 105 dona ko‘chatni ekish jarayonida qatnashgan bo‘lsalar, noyabr oyida «Ucelldan 40 chinor» mustaqil aksiyasi tashkil etildi. Shu munosabatda Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti yonida chinorlar hiyoboni paydo bo‘ldi. Dekabr oyida Sergeli tumanida xodimlar Viktoriyaning 100ta pavloniyasi va Ucellning 45ta chinoridan iborat kichik bog‘ yaratishda yordam berdilar.

2020 yilning Navro‘zini Ucell bahorning ramzi hisoblanmish nafis nastarin ko‘chatlarini ekish bilan kutib olmoqda. Obodonlashtirish ishlariga xodimning oila a’zolari ham qo‘shildi.

Toshkent obodonlashtirish bosh boshqarmasi mutaxassis-agronomlari daraxtni ekish qoidalari bo‘yicha tushuncha berib o‘tdilar. Ko‘chatlar ekilgan joy sug‘orish tizimi bilan jihozlangan va yaxshi tuproqqa ega. Yashil o‘simliklarni keyingi parvarishini ham boshqaruv o‘z zimmasiga oldi.

Vladimir Kravchenko, COSCOM MChJ (Ucell savdo belgisi) bosh direktori v.b.:

Biz bobolarimizdan qolgan daraxtlar soyasida o‘sganmiz. Insondan keyin yaxshi ishlar qolishi kerak. Ucell ekologik aksiyalarining maqsadi — go‘zal shahrimizning xiyobonlari va bog‘larini saqlashga hissa qo‘shish. Bugun ko‘chat – ertaga katta soyali daraxt. Nastarin bog‘i poytaxtimizni yanada ko‘rkam qiladi va ko‘p yillar davomida shahar aholisini xursand qilib keladi degan umiddamiz. Bu — 2020 yilga rejalashtirilgan qator ekologik tadbirlardan birinchisi.

Gulshan Akobirova, COSCOM MChJning jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi mutaxassisi:

Daraxt ekishda qatnashgan bola tabiatni tushunishni va his qilishni, barcha tirik mavjudotlarni hurmat qilishni va qadrlashni o‘rganadi. Ekologik aksiyalar oila bilan faol dam olish, shaharni yanada obod va go‘zal qilish uchun imkoniyat, bizning vaziyatimizda esa jamoaviy ruhni ko‘tarish uchun ham ajoyib usul.

Ishtirokchilarda ishchanlik ruhini kuchaytirish uchun issiq ichimliklar va shirinliklar bilan kichik nonushta tashkil etildi.

Shanbaning quyoshli kuni ijobiy his-tuyg‘ularga to‘ldi. Shahar haqiqatan ham sayyoramizdagi eng qadimgi bayramlaridan biri – Navro‘z arafasida yanada go‘zallashdi.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring