Turkiya mamlakatga kirish uchun yangi talablar belgiladi

Turkiyaga kelayotgan yo‘lovchilar o‘zlari oxirgi emlashdan kamida 14 kun o‘tganidan keyin to‘liq emlash kursini tugatganligi to‘g‘risida amaldagi sertifikat yoki oxirgi 6 oy ichida koviddan sog‘ayib ketganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lishi shart. Ushbu ma’lumot Turkiya hukumati tomonidan e’lon qilindi.
Ushbu sertifikat mavjud bo‘lmagan taqdirda, yo‘lovchiga Turkiyaga kelishidan 72 soat oldin amalga oshirilgan PZR-testini salbiy natijasini yoki Turkiyaga kelishidan 48 soat oldin antitanachalarga topshirilgan ekspress-testini salbiy natijasini taqdim etish talab etiladi.
«Turkiyaga kirayotganda 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar emlash sertifikatlari yoki PZR-test natijalarini taqdim qilishdan ozod qilinadi», – deyiladi bayonotda.
Koviddan to‘liq emlash kursidan o‘tmagan Turkiyaga kelayotgan yo‘lovchilar 14 kunlik o‘z-o‘zini yakkalash rejimiga joylashtirilishlari mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter