Kelasi yil 300dan ziyod avtobus yo‘nalishlari ochiladi —Transport vazirligi
2022-yilda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishi ochiladi.
Bu haqda AOKAda o‘tkazilgan matbuot anjumanida Transport vazirligi rahbariyati va mutasaddilari ma’lum qilishdi.
Qayd etilishicha, hududlarda aholiga jamoat transportida xizmat ko‘rsatish sohasini yanada yaxshilish maqsadida 2021 yil 8 oktyabrda «Hududlarda jamoat transporti faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» 630-son Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilindi.
Qarorga muvofiq, 2021-2022 yillarda qishloqni tuman markazi bilan, tuman markazini viloyat markazi bilan bog‘laydigan jami 310 ta yangi avtobus yo‘nalishlari (shundan shahar – 60 ta, shahar atrofi – 193 ta, shaharlararo (viloyat ichida) – 57 ta) tashkil etiladi.
Tashuvchilarga norentabel yo‘nalishlar bo‘yicha tegishli hududiy komissiyalar tomonidan subsidiya ajratiladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter