To‘yxona egalariga jazo choralari ishlab chiqildi
To‘yxona, kafe va restoranlarning mansabdor shaxslari tomonidan to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni o‘tkazishga qo‘yiladigan talablar buzilsa, bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida jarima solinadi.
Agar bu huquqbuzarlik jazo qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi.
Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi qonun loyihasi muhokamaga qo‘yilgan. Muhokama 7-noyabrgacha davom etadi.
Shuningdek, fuqarolar to‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlar o‘tkazish tartibiga qo‘yiladigan talablarga rioya etmasa, ularga bazaviy hisoblash miqdorining 10 baravari miqdorida jarima solinadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter