Ikki korxona «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibiga qo‘shildi
![Ikki korxona «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibiga qo‘shildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/6/720_460_95_1685234427.jpg)
«Toshshahartransxizmat» AJ tasarrufidagi korxona va muassasalarda yuz bergan o‘zgarishlar, ularning ayrimlari boshqa tizimga biriktirilganligi sababli jamiyat tarkibiy tuzilmasini yangidan tashkil etish bo‘yicha yagona aksiyador qarori qabul qilindi. Bu haqda korxona matbuot xizmati xabar berdi.
Jamiyat tasarrufida bo‘lgani holda mustaqil tarzda faoliyat yuritgan «Toshyo‘lovchitransxizmat» hamda «Toshtransdispetcherxizmat» unitar korxonalari jamiyat tarkibiga birlashtirilmoqda. Buning natijasida «Toshshahartransxizmat» AJ avtobus saroy va korxonalarning boshqaruv apparati bo‘lib qolmay, unitar va boshqa turdagi tuzilmalarning vazifasini to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘z zimmasiga oladi. Jumladan, jamiyat tarkibiga kiruvchi avtobus saroylari va korxonlarining jamoat transporti yo‘nalishlaridagi nazoratini, GPS loyihalarini hamda oylik yo‘l chiptalari va jetonlar yetkazib berishni bevosita amalga oshiradi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter