«Toshshahartransxizmat»ga konditsionerli yangi avtobuslar olib kelindi
![«Toshshahartransxizmat»ga konditsionerli yangi avtobuslar olib kelindi](https://static.xabaruz.com/crop/1/4/720_460_95_144691037.jpg)
«Toshshahartransxizmat» AJ matbuot xizmatining «Xabar.uz»ga ma’lum qilishicha, korxonaga yana 10 ta «MAN» avtobusi olib kelingan.
Ushbu yangi avtobuslar «Toshshahartransxizmat» AJ talabiga ko‘ra ishlab chiqaruvchilar tomonidan takomillashtirib borilmoqda. Avtobuslardagi yong‘inga qarshi ishlovchi uskuna, nogironlar uchun pandus, eng asosiysi konditsioner jamiyat rahbariyati talabi bilan o‘rnatildi.
Xabarda ta’kidlanishicha, bu yilgi rejaga ko‘ra yangi avtobus keltirilishi davom etadi. Shundan 30 ta yangi avtobus fevral va mart oylarida olib kelinadi.
O‘tgan yil oxirida korxonaga yurtimizda ishlab chiqarilgan 72 ta o‘rta sig‘imli «SAZ LE 60» hamda 40 ta katta sig‘imdagi «MAN» rusumli avtobuslar olib kelingan edi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter