Toshkentdan Ribachega ilk poyezd yo‘lga qo‘yildi

Joriy yilning 22-mart kunidan boshlab «Toshkent-Bishkek-Ribache-Toshkent» yo‘nalishi bo‘yicha ilk yo‘lovchi poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Bu haqda «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ axborot xizmati xabar berdi.
Poyezd Toshkent markaziy vokzalidan kechki soat 20:50da jo‘naydi. Dastlabki poyezd 9 ta vagondan iborat bo‘lib, tarkibdan lyuks, kupe, platskart va restoran vagonlari joy olgan. Ribachega yo‘l olgan ilk poyezd 300 nafar yo‘lovchiga mo‘ljallangan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter