Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi mahallada uzluksiz yer qimirlamoqda... (video)

Toshkentdagi mahallada uzluksiz yer qimirlamoqda... (video)

Foto: «Xabar.uz»

Toshkentdagi yer usti metro yo‘nalishining «Choshtepa» bekati Sergeli tumani, Choshtepa ko‘chasi 11-berk ko‘chasidan o‘tayotgan qismida yashayotgan aholi uylarida kuniga 24 soatlab yer qimirlashidan shikoyat qilmoqda.

Mahalla ahli so‘zlariga ko‘ra, ushbu hudud 2017-yildan buyon «snos»ga tushgan. Aynan metro yo‘lining o‘tish qismidagi uylar buzilgan. Hozirda ushbu liniyaga juda yaqin (taxminan 10 metr masofada) 20 tacha xonadon qolgan.

«Mahallaga kirish yo‘li abgor ahvolda. Hatto yo‘lni yo‘q desayam bo‘ladi. Na kanalizatsiyasi bor, na biror infratuzilma. Hammayoq tuproq va chang.

Metro qurilishi uch smenada olib borilayotgani tufayli ishchilar yirik texnikalarda 24 soat ishlamoqda. Taxminan 10 iyundan buyon ushbu bekatdagi yer usti metrosi ustunlari orasi bino qurish uchun qazilib, 60-80 tonnalik texnikalarda tuproqni jipslash (trambovka) ishlarini olib borishmoqda.

Bundan ushbu hududga yaqin barcha uylarda devorlar, eshik, deraza, darvoza, mebellar kun davomida tinimsiz titrab ovoz chiqarmoqda. Xuddi 2-3 ballik zilzilada kun bo‘yi o‘tirgandek his qilasiz o‘zingizni. Bir necha soniya davom etadigan zilzilada odamlar qanchalik yurak hovuchlab qolishini yaxshi bilasiz. Endi tasavvur qiling: bu yerlik aholi bir necha kundan beri shunday holatni boshidan kechirishmoqda.

Mahalla ahli tomonidan bir necha marotaba qurilish tashkiloti rahbarlariga hozirgi karantin davrida barcha, qariyalar, bolalar uydaligi, bu yer titrashidan umuman dam olib bo‘lmayotgani tushuntirilgan. Lekin hech kim buni eshitgani yo‘q, deyiladi choshtepaliklar murojaatida.

Videoda keltirilgan holat kun-u tun davom etib turishi va bu dahshatni ichida yashash, darhaqiqat, juda og‘ir. Albatta, metro yo‘li ham qurilishi lozim, ammo unga yaqin aholiga qattiq jabr qilmasdan buni amalga oshirish imkoni bo‘lishi kerak-ku.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring