Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi ko‘chalarning biriga Seul nomi berildi

Toshkentdagi ko‘chalarning biriga Seul nomi berildi

Foto: «Gazeta.uz»

Poytaxtimizning Chilonzor tumani hududida joylashgan Yangi Baynalmilal ko‘chasi endi Seul ko‘chasi deb ataladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati xabar qildi.

Ma’lum bo‘lishicha, davlatimiz rahbarining 2017-yil 24-25-noyabr kunlari Janubiy Koreyaga davlat tashrifi davomida bergan taklifi hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 2-fevraldagi yig‘ilish bayoni asosida ana shunday qarorga kelingan.

Bugun xalq deputatlari Toshkent shahar kengashi yig‘ilishida ushbu qaror qabul qilinib, ijroga qaratilgan.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring