Toshkentda yo‘lovchilar oqimi ko‘paygani sabab mingdan ortiq avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarildi
![Toshkentda yo‘lovchilar oqimi ko‘paygani sabab mingdan ortiq avtobuslar yo‘nalishlarga chiqarildi](https://static.xabaruz.com/crop/1/9/720_460_95_1938548797.jpg)
Yoz fasli ham nihoyalanib, yangi o‘quv yili boshlandi. Ya’ni, yo‘lovchilar oqimi ko‘payib, jamoat transportiga bo‘lgan talab ortdi.
«Toshshahartransxizmat» shuni inobatga olgan holda jamiyat jamoasi mavsum uchun alohida tayyorgarlik ko‘rgan. Yo‘nalishlarga harakat jadvali asosida yetarlicha avtobus chiqarish uchun bor imkoniyatlarni ishga soldi» deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Buning natijasi o‘laroq o‘quv yilining dastlabki kunlaridanoq «Toshshahartransxizmat» AJ tarkibidagi avtosaroylardan yo‘nalishlarga mingdan ortiq avtobus chiqarildi.
Avtobuslar sonini yanada oshirish, yo‘nalishlarda harakat tarkibini transport bilan to‘liq ta’minlash maqsadida barsa avtosaroy va ta’mir korxonalarida servis ishlari jadal davom etmoqda.
Yaqin kunlarda yo‘nalishga chiqayotgan avtobuslar soni yana ko‘payadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter