Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yaroqsiz tibbiy niqob va qo‘lqoplar uchun maxsus punktlar tashkil etilmoqda

Toshkentda yaroqsiz tibbiy niqob va qo‘lqoplar uchun maxsus punktlar tashkil etilmoqda

«Hashar week» loyihasi Yoshlar ittifoqi, Toshkent shahar hokimligi, «Svb advisory» va poytaxtning Mirobod tumanida faoliyat yuritayotgan «Mironshoh» va «Rahnamo» muqobil sanitar tozalash xususiy korxonasi bilan hamkorlikda yangi loyihaga qo‘l urdi.

Loyiha  niqob va qo‘lqoplarni xavfsiz yig‘ish va utilizatsiya ishlarini tashkil qilish g‘oyasini ilgari surmoqda. Shunga muvofiq, «Mironshoh» va «Rahnamo» korxonalari o‘z tasarrufidagi chiqindi yig‘ish maydonchalariga yaroqsiz niqoblar, rezina qo‘lqoplar, turli tibbiy himoya vositalarini tashlash uchun mo‘ljallangan zamonaviy chiqindi qutilarini o‘rnatishni boshladi.

Maqsad esa, bitta – chiqindi bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirishda xavfsizlikni, fuqarolar hayoti va sog‘lig‘ining hamda atrof-muhitning xavfsizligini ta’minlash, aholi punktlarida turli xil yuqumli va infeksion kasalliklarning oldini olishdan iborat.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring