Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda yangi sayilgoh ochildi (foto)

Toshkentda yangi sayilgoh ochildi (foto)

Foto: Prezidentning Matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev va Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov ishtirokida poytaxtimizdagi Ashxobod sayilgohi ochildi.

Maxtumquli ko‘chasida barpo etilgan mazkur park 10 gektardan ortiq maydonni egallagan. Sayilgoh oldi va hududida favvoralar qurilgan. Turkmanistonning ramzi bo‘lgan axalteki otlarining haykallari o‘rnatilgan. Zamonaviy attraksionlar, xushmanzara daraxtlar, o‘rindiqlar, umumiy ovqatlanish va xizmat ko‘rsatish shaxobchalari aholining mazmunli dam olishi uchun qulay sharoit yaratgan. 

Davlat rahbarlari sayilgohni ko‘zdan kechirdi. Turkmaniston Prezidenti o‘zini Ashxobodda yurganday his qilganini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedov boqqa daraxt ko‘chatlari o‘tqazdi.

Turkmaniston Prezidentining mamlakatimizga davlat tashrifi davom etmoqda.

Izohlar

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring